Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tutqich bermas odamxo‘r 35 kun ichida 12 insonning boshiga yetdi

Tutqich bermas odamxo‘r 35 kun ichida 12 insonning boshiga yetdi

Foto: «Zen.yandex.ru»

Hindistonning Maxarashtra shtatida odamxo‘r qoplon 35 kun ichida 12 insonning umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda «India Today» nashri xabar berdi.

Izlar tekshirilganda, hamma hujumlar bitta hayvon tomonidan amalga oshirilgani aniq bo‘ldi. Bir oy davomida u har uch kunda bittadan odamni o‘ldiravergan. Yaqin atrofdagi qishloqlarning aholisi qo‘rquv ichida yashashmoqda. Hatto, uylaridan ham chiqmaslikka harakat qilishmoqda.

Yirtqichni qo‘lga tushirish uchun davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘z tarixidagi eng yirik operatsiyalaridan birini amalga oshirdi. Qoplonni izlab topish uchun 80 kishi, to‘rtta iskovuch it jalb qilindi, o‘rmonga 18 ta qopqon hamda 35 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatildi. Biroq hayvon ularning hammasiga chap berib, qotilligini davom ettirdi.

Yirtqichni qo‘lga tushirishning iloji bo‘lmaganidan keyin uni o‘ldirishga buyruq berildi. 11-dekabr kuni Maxarashtra o‘rmon xo‘jaligi departamenti yirtqichni topish uchun Puna shtatidan mergan Xarshvardan Tavareni olib keldi. U Solapurdan professional ovchi Davalsin Moxite-Patil bilan birga qoplonni qidirishdi. Ko‘p o‘tmay ular odamxo‘r hayvonning iziga tushib, unga o‘q uzishdi, lekin qoplon yana qochib ketdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring