Turmushga chiqishdan bosh tortgan hind aktrisasini pichoqlab ketishdi
Hindistonda bir odam taniqli aktrisa Malvi Malxotrani unga turmush chiqishdan bosh tortgani uchun pichoqladi. Bu haqda «Hindustan Times» nashri xabar bergan.
Hodisa 26-oktyabr, dushanba kuni Mumbay shahridagi qahvaxonalardan birining yonida sodir bo‘ldi. Nashrning yozishicha, aktrisa hujum qilgan Kumar Maxipal Singx bilan bir yilcha tanish bo‘lgan. Yaqinda yigit qizning qo‘lini so‘ragan, lekin Malxotra unga rad javobini bergan. Yigit u bilan gaplashib, qarorini o‘zgartirishga uringan, biroq qiz unga e’tibor ham bermagan. Shunda yigit qizga pichoq bilan uch marta jarohat yetkazib, o‘zining «Audi» mashinasida g‘oyib bo‘lgan.
Jabrlanuvchi shu zahoti shifoxonaga yotqizilgan: uning oshqozoni bilan ikkala qo‘li jarohatlangan. Hozirgi vaqtda shifokorlar Malxotraning ahvolini barqaror deb baholashmoqda.
Mahalliy politsiya yuz bergan voqea yuzasidan tergov harakatlarini boshlab yuborgan.
Malvi Malxotra Hindistonda «Parvoz» va «Milan oteli» teleseriallari bilan tanilgan, deya ta’kidlaydi «360» telekanali.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter