Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soyada — 47,8 daraja: Turkmaniston eng qaynoq yozni o‘tkazmoqda

Soyada — 47,8 daraja: Turkmaniston eng qaynoq yozni o‘tkazmoqda

Foto: «Xroniki Turkmenistana»

«EaDaily» yozishicha, Turkmanistondagi jaziramaga hatto konditsionerlar ham dosh bermayapti. «Xroniki Turkmenistana» xabariga ko‘ra, mamlakatning beshdan bir hududida 2019-yil iyuli kuzatuvlar tarixidagi eng qaynoq oy bo‘ldi.

Ashxobodda iyul oyining o‘rtacha havo harorati yangilandi — 33,6 daraja issiq. Mamlakat poytaxtida bu yilgi maksimal harorat 16 iyulga to‘g‘ri keldi: +43,7°C. Yerbentda esa 19-iyul kuni havo harorati soyada (!) +47,8 darajaga chiqib ketdi.

Turkmanistonliklar imkon qadar ko‘chaga chiqmaslikka harakat qilishyapti, ammo baribir ishga borish kerak-ku! Jamoat transportida konditsionerlar yo‘qligi bois qaynoq pallalarda hushidan ketib yiqilganlar ham bo‘ldi.


Mavzuga oid: Chilla chiqyapti. Jazirama qachon ariydi?


Eng qiyini, deyiladi xabarda, hanuz derazasi katta ko‘chalarga qaragan uylarning tashqarisiga konditsioner o‘rnatishga ruxsat berilmagan. Odamlar konditsionerning tashqi blokini balkonlar yoki pod’yezdlarga o‘rnatishga yoinki xona konditsionerlari (tashqi bloksiz) sotib olishga majbur bo‘lishyapti.

Konditsionerlarni tuzatuvchilarga ish ko‘payib ketgan: bunaqa jaziramada tinmay ishlagan sovitish texnikalari tez buzilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring