Turkmanistonda alkogolni cheklovchi qonun kuchga kirdi
Turkmanistonda yangi qonun kuchga kirdi, unga ko‘ra aholisining ko‘pchiligini musulmonlar tashkil qiladigan mazkur mamlakatda alkogol mahsulotlarining sotuvi keskin cheklanadi, deb xabar berdi «TNEWS».
Qonunga ko‘ra, 1-yanvardan boshlab poyezd, samolyot va paromlarda, shuningdek sport inshootlarida alkogol mahsulotlari sotilmaydi, shuningdek milliy bayramlar vaqtida alkogol sotish taqiqlanadi.
2021-yildan boshlab shanba va yakshanba kunlari bar va restoranlardan tashqari boshqa joylarda alkogol mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.
«Alkogolning zararli ta’siri oldini olish to‘g‘risida»gi qonun 2018 yil dekabr oyi boshlarida qabul qilindi. Hujjat matnida ta’kidlanishicha, qonun alkogolning zararli ta’sirini oldini olish maqsadida davlat siyosatining xuquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslarini belgilab beradi va fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan.
2006-yildan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov o‘zini sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi deya e’lon qilgan. Mamlakat prezidenti turli sport turlari bo‘yicha muntazam ravishda o‘z mahoratini namoyish qilib keladi, mamlakatda ommaviy sport tashabbuskori va tamakiga qarshi kurashchi sifatida o‘zini ko‘rsatadi.
Mamlakat hukumati 2025-yilga borib, Turkmanistonni to‘laligicha chekishdan holi bo‘lgan mamlakatga aylantirish rejasini e’lon qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter