Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston prezidenti general bo‘ldi

Turkmaniston prezidenti general bo‘ldi

Foto: VisualRian

Turkmaniston prezidenti, mamlakat qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni Serdar Berdimuhamedovga armiya generali unvoni berildi. Mamlakat konstitutsiyasining 81-moddasi asosida majlis (parlament) ushbu qarorni tasdiqladi, deb xabar berdi TASS.

Serdar Berdimuhamedov 41 yoshida general bo‘ldi. U 2022-yilning 19-martidan Turmaniston prezidenti sifatida faoliyatini boshlagan. Shuningdek, mamlakat hukumatiga ham bevosita rahbarlik qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring