Turkmaniston bug‘doyni kamaytirib, paxtani ko‘paytirmoqchi
Turkmaniston 2020-yili bug‘doy ekiladigan yer maydonlarini qisqartirmoqchi. Bu haqda «REGNUM» xabar berdi.
«Turkmeniya segodnya» agentligi xabariga ko‘ra, Turkmaniston prezidenti 2020-yilda bug‘doy yetishtirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan.
Kuzgi donli ekinlardan bo‘shagan yerlar paxta ekish uchun ajratiladi, deyiladi, jumladan, qarorda. Ta’kidlanishicha, bu chora eksport mahsulotlari hajmini oshirish va mamlakatni sanoatlashtirish dasturi doirasida amalga oshirilyapti.
Ma’lumot uchun: 2019-yilning birinchi yarmida Turkmanistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 6,2 foizga o‘sgan. Turkmaniston iqtisodiyotining asosini sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter