Turkiyadagi zilzila oqibatida kamida 150 kilometrli yoriq hosil bo‘ldi

Turkiya janubidagi zilzila litosfera plitalarini siljitib yubordi. Italiya Geofizika va vulqonshunoslik milliy instituti prezidenti Karlo Doloni bu haqda ma’lumot berdi.
Geologik siljish oqibatida Arabiston plitasi Anatoliya plitasiga nisbatan shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga tomon 3 metrga surildi, deya professordan iqtibos keltirdi Corriere della Sera gazetasi. Olim buni Turkiya janubi-g‘arbga siljishiga teng siljish, deya ta’rifladi.
Karlo Doloni tushuntirishicha, zilzila oqibatida hosil bo‘lgan yoriqning kattaligi kamida 150 kilometrga teng. Hodisa bir necha o‘n soniyalar ichida sodir bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 6-fevral kuni Turkiya janubi-sharqida magnitudasi 7,7 ballga teng zilzila sodir bo‘ldi. Suriyaning bir nechta hududlari ham tabiiy ofatdan jiddiy zarar ko‘rdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni Turkiyada 3 549 nafarga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter