Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari soni yana ko‘paydi (video)

Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari soni yana ko‘paydi (video)

Foto: «Point.md»

Turkiyaning Qora dengiz sohilidagi Kastamonu va Sinop viloyatlarida kuchli toshqin va sel oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 31 kishiga yetdi, deya xabar berdi mamlakat Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar boshqarmasi (AFAD).

Avvalroq, juma kuni boshqarma 27 kishining o‘limi haqida ma’lum qilgan edi.

«Kastamonuda sel va toshqinlar paytida 29 kishi halok bo‘ldi, ikki kishi Sinopda vafot etdi, bir kishi Bartinda bedarak yo‘qolgan», — deyiladi departament xabarida.

Avvalroq tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani, 1700 dan ortiq odam evakuatsiya qilinganligi haqida xabar berilgan edi. 300 ga yaqin aholi punktlari elektr energiyasiz qolgan. Ko‘priklarning vayron bo‘lishi va yo‘l qoplamasining shikastlanishi tufayli tabiiy ofat sodir bo‘lgan hududning bir qator avtomobil yo‘llarida, jumladan, Bartin-Karabyuk avtomagistralida transport harakati to‘xtatildi. Kastamonu viloyatining Bozqurt shahrida sel tufayli bir nechta ko‘p qavatli uylar qulab tushdi, qutqaruvchilar vayronalar ustida ishlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring