Turkiyada restoran portladi, yetti kishi halok bo‘lgan
Bugun, 30-dekabr kuni Turkiyaning g‘arbidagi Aydin shahrida (shu nomdagi viloyat markazi) joylashgan restoranda portlash yuz berdi.
Anadolu Ajansı viloyat rahbariga asoslanib xabar berishicha, fojia oqibatida kamida yetti inson hayotdan ko‘z yumgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 4 kishi jarohatlangan.
Voqea joyida favqulodda xizmat xodimlari ish olib boryapti. Hodisa sababi va jabrlanganlar soniga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter