Turkiyada qutqaruvchilar ustiga bino vayronalari qulab tushdi (video)

Zilzilalardan keyin vayronalarni tozalash bilan shug‘ullanayotgan turk qutqaruvchilari ustiga beton bo‘laklari qulab tushdi.
Hodisa Turkiyaning Xatay viloyatida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi vayronalar ostida qolgan, u qutqarib olingan. Uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Mamlakatda umummilliy motam e’lon qilingan. Hozirgi kunga qadar zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 mingdan oshib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter