Istanbulda kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 23-aprel kuni Istanbulda 6,2 balli zilzila sodir bo‘ldi. Türkiye Today yozishicha, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da yuz bergan.
Shaharning turli tumanlarida, qolaversa, Bursada tektonik tebranishlar sezilib, odamlar vahimaga tushgan.
Zilzila infratuzilmaga yetkazgan zarar va jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Zilzila takrorlanishi mumkinligi aytilmoqda.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu hududda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni «osoyishta bo‘lishga, rasmiy manbalar orqali tarqatilayotgan ma’lumotlarni kuzatib borishga hamda xavfsizlik choralariga rioya qilish»ga chaqirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter