Turkiyada ikki qavatli bino qulab tushdi, 14 kishi qutqarib olindi
Turkiyaning Malatya shahri yaqinida ikki qavatli bino qulab tushdi.
Malatya hokimi turli darajada tan jarohati olgan 14 kishi qutqarilganini ma’lum qildi va vayronalar ostida boshqa hech kim qolmaganligiga umid bildirdi. Shunga qaramay, favqulodda xizmatlar qurbonlarni qidirishda davom etmoqda.
Vayronagarchilik sabablari haqida ma’lumot berilmagan, biroq bir qancha mahalliy OAV bino birinchi qavatda ta’mirlanayotgani, bu esa tayanch konstruksiyalarga zarar yetkazishi mumkinligi haqida xabar bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter