Turkiyada tennis koptogi kattaligidagi do‘l yog‘di
Seshanbaga o‘tar kechasi Turkiyaning Antalya sayyohlik maskanida qor aralash do‘l yog‘di. Tabiat hodisasi bir muddat mahalliy aholini mushkul ahvolga solib qo‘ydi.
Mynet yangiliklar portali yozishicha, noqulay ob-havoda, ayniqsa, Manavgat va Serik shaharlarida yashovchilarni shoshirib qo‘ydi. Haydovchilar mashinalari bilan yer osti turargohlari va yonilg‘i quyish shoxobchalarining peshayvonlari tagida bekinishga majbur bo‘lishdi. Chunki ayrim joylarda tennis koptogi kattaligida do‘l yog‘di. Kamiga qor ham mo‘l yog‘ib, yo‘llarda tiqinlar hosil qildi.
O‘tgan hafta Antalyadagi ayrim shaharlar kuchli yomg‘irlardan aziyat chekkan, ba’zi joylarga sel kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter