Turkiyada favqulodda holat saylovdan keyin bekor qilinadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyiib Erdo‘g‘on «CNN Turk–kanal D» hamkorligidagi dasturda Turkiyada saylovdan keyin favqulodda holat bekor qilinishi mumkinligini aytib o‘tdi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
«Favqulodda holat qachon bekor qilinadi?» degan savolga Erdo‘g‘on: «Saylovdan keyin favqulodda holat bekor qilinadi», – deya javob qaytargan.
Turkiyada shu yil 24 iyun kuni muddatidan avval prezident va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.
2016 yil 15 iyul kuni «FETO» terrorchi guruhi tomonidan Turkiyada harbiylar qo‘li orqali davlat to‘ntarishi qilishga urinilgach favqulodda holat joriy etilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter