Turkiyada 45 yoshli o‘zbekistonlik qotillik qurboni bo‘ldi
Turkiya OAV va ijtimoiy tarmoqlarida Duzche shahrida O‘zbekiston fuqarosi o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi mazkur xabarlarga munosabat bildirib, haqiqatda Duzcheda o‘zbekistonlik ayol qotillik qurboni bo‘lganini tasdiqladi.
Bosh konsulxonaga ko‘ra, qotillik alomatlari bilan topilgan jasad O‘zbekiston fuqarosi 1978-yil 30-iyulda tug‘ilgan Adilova Ranoga tegishli. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlarga ilova qilinayotgan fotosurat mazkur hodisaga aloqador emas.
«Hozirgi vaqtda jinoyat sodir etgan Turkiya fuqarosi Aslan Guneyga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi rasmiy axborotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter