Turkiya turkmanistonliklar uchun vizasiz rejimni bekor qildi
Turkiya Turkmaniston fuqarolari uchun mamlakatga 30 kunlik vizasiz kirish imtiyozini bekor qildi. Bu boradagi tegishli farmon Turkmaniston tomonining so‘rovidan so‘ng Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an tomonidan imzolangan.
Turkiya hukumatining rasmiy gazetasi bugungi, 14-sentyabr sonida e’lon qilingan mamlakat prezidenti qaroriga ko‘ra, Turkmaniston fuqarolari uchun tegishli Vazirlar Kengashi qarori bilan 2007-yil 19-iyul kuni kuchga kirgan viza imtiyozi bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmaniston hukumati turkmanlar uchun vizasiz rejimni bekor qilish talabi bilan Turkiyaga murojaat qilgani haqida xabar berilgan edi.
Turkmaniston TIV bu tashabbusni «turkmanistonliklarning Turkiyada bo‘lish qoidalarini takomillashtirish va uni tizimli asosda joriy etish» bilan izohlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter