Turkiya suriyalik qochqinlar uchun «yevrokoridor»ga aylandi (foto)
Bir necha kun avval Turkiya qochqinlar uchun Yevropa chegaralarini ochib yubordi. Mamlakat prezidenti Rejep Toyyib Erdo‘g‘on Yevropa ittifoqini migratsion inqirozni hal etish borasidagi va’dalarini bajarmaslikda ayblab, millionlab qochqinlar borligidan ogohlantirdi. Turk chegarasida nimalar bo‘lmoqda? (fotoreportaj).
Turkiya prezidenti Rejep Toyyib Erdo‘g‘on 29-fevral kuni Yevropa ittifoqi bilan chegaralar ochib yuborilishini ma’lum qildi. «Buncha muhojirni qabul qilish kafolatini olmaganimizni aytganimiz qachon edi. Siz bizga yordam berishga va’da qilgandingiz, ammo hech narsa qilmayapsiz, mana, kecha chegaramizni ochdik», — dedi turk rahbari.
1-mart kuni olingan ma’lumotga ko‘ra, 76 mingdan ortiq migrantlar chegarani kesib o‘tgan.
Gretsiya chegarada politsiya kordonlarini joylashtirdi. Chegara ochilgan birinchi kun grek politsiyasi 4 ming nafardan ortiq suriyalik qochoqlarning mamlakat hududiga kirishining oldini oldi, deyiladi yunon hukumati bergan xabarda.
Turkiya va Gretsiya chegarasida, bir necha kundirki, migrantlar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib turibdi.
Orestias shahri yaqinida grek politsiyasi tomonidan ushlab olingan qochqin.
Fransiya chegaralarni himoya qilishda Bolgariya va Gretsiyaga yordamga shayligini bildirdi.
Gretsiya hukumati rasmiy vakili Stelios Petsas Turkiya bilan chegaradagi vaziyatni milliy xavfsizlikka tahdid deb atadi.
Turkiya va YeI 2016-yilda migratsion inqirozni bartaraf etish borasida kelishuv imzolagandi. Yevroittifoq moliyaviy yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgach, Anqara Yevropaga o‘tib ketgan qochqinlarni o‘z hududiga qabul qilishga ko‘ngandi.
Suriyadagi vaziyat so‘nggi oyda Suriya hukumat qo‘shini hamda muxolifatni qo‘llab-quvvatlayotgan Turkiya armiyasining navbatma-navbat hujumlaridan so‘ng keskinlashib ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter