Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya Isroil bilan diplomatik munosabatlarni tiklashga qaror qildi

Turkiya Isroil bilan diplomatik munosabatlarni tiklashga qaror qildi

Foto: Noi.md

Turkiya hukumati Isroil bilan diplomatik munosabatlarni tiklab, elchi jo‘natmoqchi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bayonot berdi.

«Isroilga elchi tayinlash qaroriga kelindi, bunga Isroil tomonidan ham ijobiy javob olindi. Tez orada yangi nomzod janob prezidentga taqdim etiladi. Ilohim, barchasi ikki tomon uchun ham muvaffaqiyatli bo‘lsin», — dedi diplomat matbuot anjumanida.

Avvalroq Tel-Aviv va Anqara 15 yillik tanaffusdan so‘ng fuqarolik aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni tiklashga kelishib olgandi. Isroil aviakompaniyalari Turkiyaga 2007-yildan beri parvoz qilmagan, ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlarni faqat turk samolyotlari bajargan.

2018-yilda, 59 nafar falastinlik halok bo‘lgan va 2,7 ming nafardan ortig‘i jarohatlangan G‘azo sektoridagi namoyishlardan so‘ng Anqara Isroil elchisini mamlakatdan chiqarib yuborgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring