Turkiya ichki ishlar vazirligi binosi yaqinida terakt sodir bo‘ldi
Anqaradagi Ichki ishlar vazirligi binosi yaqinida teraktga urinish sodir bo‘ldi, deb xabar berdi ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida.
«Taxminan 9:30 larda IIV bosh qo‘riqlash boshqarmasining kirish eshigiga yengil tijorat avtomobilida kelgan ikki nafar terrorchi portlash sodir etdi. Terrorchilardan biri o‘zini portlatgan, ikkinchisi esa zararsizlantirilgan. Ikki politsiyachi yengil jarohat oldi», — deb yozadi u.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlashdan so‘ng otishma ham sodir bo‘lgan. Hozirda hududda kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko‘rilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter