Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkish Airlines yo‘lovchisi samolyotda o‘z joniga qasd qildi

Turkish Airlines yo‘lovchisi samolyotda o‘z joniga qasd qildi

Istanbuldan Marokashga uchayotgan Turkish Airlines samolyoti bortidagi yo‘lovchi o‘z joniga qasd qildi.

Hodisa sababli samolyot Jazoirga favqulodda qo‘ngan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xorijlik yo‘lovchi hojatxonaga kirib, ustidan qulflab, uzoq vaqt chiqmagach bort kuzatuvchilari shubhaga tushgan. Samolyot xodimlari eshikni buzishga majbur bo‘lgan.

Styuardessalar va samolyotda bo‘lgan shifokor hojatxonadan hushsiz holatda olib chiqilgan yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Jazoirga majburiy qo‘nishdan so‘ng aeroportga kelgan shifokorlar yo‘lovchining o‘lganini ma’lum qilgan.

Bortdagi hodisa o‘z joniga qasd qilish (suitsid) sifatida baholangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring