Tramp Ukrainaga yoqmaydigan bayonot bilan chiqdi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp RF rahbari Vladimir Putin muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntarishidan bir oz zaiflashganini va urushda muzokaralar olib borish vaqti kelganini aytdi.
«Men bu be’mani urushda odamlar o‘lishi to‘xtashini xohlayman», dedi Tramp Reuters agentligi bilan telefon orqali suhbatda.
Hozirda AQShda prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan yetakchilik qilayotgan Donald Tramp Kiyev rasmiylari urushni to‘xtatish uchun Ukraina hududining bir qismini Rossiyaga berishiga to‘g‘ri kelishini inkor etmadi.
Tramp agar u prezident bo‘lsa, hammasi muzokaralarga bog‘liq bo‘lishini, o‘z yerlarini fidokorona himoya qilayotgan ukrainaliklar katta maqtov va hurmatga loyiq ekanini aytdi.
«Menimcha, Qo‘shma Shtatlar hozir qilishi kerak bo‘lgan eng muhim narsa bu ikki tomonni birlashtirish va Rossiya va Ukrainani yarashtirishdir. Buni qilish mumkin, ikki tomonni birlashtirish va tinchlik o‘rnatish vaqti keldi», — dedi 2024-yilgi saylovlarda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lishga umid qilayotgan Donald Tramp.
Ukraina rasmiylari Moskva bilan muzokaralar o‘tkazishning ajralmas sharti Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaning xalqaro tan olingan hududidan to‘liq olib chiqilishi ekanligini doimiy ravishda ta’kidlab keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter