Tramp: «Kim Chen In raketalar uchirishni yaxshi ko‘radi»

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaning Yapon dengizi tomon navbatdagi raketa uchirishiga munosabat bildirdi.
Donald Trampning aytishicha, Vashington Pxenyanning qisqa masofali raketalar sinovini o‘tkazishini taqiqlamagan. U Biarritsdagi G7 sammitiga uchib ketishdan avval jurnalistlarga shuni ma’lum qildi.
Shimoliy Koreya yetakchisi sizning ishonchingizni suiiste’mol qilmadimi, degan savolga Oq uy rahbari AQSh-Janubiy Koreya qo‘shma harbiy o‘quvlari tugaganidan keyin raketalar uchirilishi to‘xtaydi, deb va’da berdi.
«Yo‘q, bunday deb o‘ylamayman. U (Kim Chen In — tahr.) raketa sinovlarini yaxshi ko‘radi», — dedi Tramp.
Qo‘shma Shtatlar rahbari mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi ekaniga to‘xtalib, biroq «hammasi o‘zgarib ketishi mumkinligi»ni ham qo‘shimcha qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter