Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp keng ko‘lamli reydlarni rejalashtirmoqda

Tramp keng ko‘lamli reydlarni rejalashtirmoqda

Tramp inauguratsiyasidan keyin muhojirlarga qarshi keng ko‘lamli reydlar boshlanadi. Bu haqda maxsus operatsiya rejadan xabardor manbalarga tayanib Wall Street Journal xabar berdi.

Birinchi maqsad — Chikago bo‘ladi. Reyd seshanba kuni ertalab, inauguratsiyadan keyingi kun boshlanadi va bir hafta davom etadi, deb yozadi nashr. AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati amaliyotga 100 dan 200 nafargacha ofitserni jalb qiladi.

Qayd etilishicha, immigratsiya amaldori Tom Xoman rejalashtirilgan operatsiya haqida o‘tgan oyda bilgan. «Agar Chikago meri yordam berishni istamasa, chetga chiqishi mumkin. Ammo agar u bizning ishga aralashsa, bila turib noqonuniy muhojirni yashirsa yoki yashirishga urinsa, men uni jinoiy javobgarlikka tortaman», dedi Xoman Chikagoga safari chog‘ida.

Chikagodan so‘ng Nyu-York, Los-Anjeles, Denver va Mayamida reydlar o‘tkazilishi mumkin, deb yozadi nashr.

Tramp saylovoldi tashviqoti davomida noqonuniy muhojirlarga qarshi kurashni o‘zining asosiy vazifalaridan biri deb bilishini bir necha bor ta’kidlagan va ommaviy deportatsiyalarni boshlashga va’da bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring