To‘yidan 1 hafta o‘tar-o‘tmas kuyov ajrashmoqchi bo‘ldi. Sababi esa g‘alati
Hindistonda bir kishi to‘yidan bir hafta o‘tar-o‘tmas, turmush o‘rtog‘im soqol qo‘yayapti deya ajrashmoqchi bo‘lib sudga murojaat qildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
«Times of India» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, kuyov to‘ydan avval kelinning yuzini ko‘rmagan ekan.
«Rupesh» laqabini olgan kishi, ya’ni kuyovning aytishicha, kelin to‘y kuni bo‘yanib olgan ekan.
«To‘ydan ikki kun keyin shaharga bordim, qaytib kelsam, xotinim soqol qo‘yayotgan ekan. Ovozi ham erkaklarnikiga o‘xshab qolgan», – degan kuyov.
Kuyov bu haqda kelinning ota-onasini xabardor qilgan va sudga murojaat etgan.
Kelinning advokati kuyovning bu bahonalari asossiz ekanini aytgan.
Sud ham kuyovning murojaatini rad etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter