Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘y libosida dafn etilgan kelinchak

To‘y libosida dafn etilgan kelinchak

Foto: «Mykaleidoscope.ru», illyustrativ foto

Misrda kelin rasmiy to‘y marosimidan yarim soat o‘tib kuyovning qo‘lida olamdan o‘tdi, deb xabar bermoqda Gulf News.

Marhumning otasi Nadi Taxi Madining aytishicha, to‘y kuni u juda charchaganligi sababli ziyofatga qolmaslikka qaror qilgan. Rasmiy qism tugagandan keyin uyiga ketgan. Xonadoniga kirishi bilan qizi qo‘ng‘iroq qilgan. Bir necha daqiqadan so‘ng otaga qizi vafot etgani to‘g‘risida xabar berildi.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, o‘yin-kulgi paytida kelinning yuragi xuruj berib qolgan. Qiz o‘zini yomon his qilib, kuyovning qo‘liga yiqilgan. U otasiga qo‘ng‘iroq qilishni so‘ragan va telefonda gaplashgandan bir necha daqiqa o‘tib vafot etgan. Ota-onasi qizni kelinlik libosida dafn etishni so‘rashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring