Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev armiyani shay qilishga chaqirdi

To‘qayev armiyani shay qilishga chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev harbiy xizmatchilar bilan muloqot vaqtida armiyani tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda Akorda xabar berdi.

«Bugungi kunda jahon mudofaa tizimida keng ko‘lamli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Urushning gibrid turlari keng tarqalmoqda. Hujumlar nafaqat harbiy, balki axborot, psixologik, siyosiy, iqtisodiy ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Qozog‘iston Qurolli kuchlari har qanday chaqiriqlarga tayyor turishi kerak. Bu zamonaviy professional armiyaga qo‘yiladigan asosiy talab», — dedi To‘qayev.

U armiya eng murakkab jangovar topshiriqlarni bajarishga shay bo‘lishi kerakligini qayd etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring