Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» 110 ming kishini yangi afg‘on armiyasiga chaqirdi

«Tolibon» 110 ming kishini yangi afg‘on armiyasiga chaqirdi

Illyustrativ foto

Kamida 110 ming kishi Afg‘onistonda hukumatni egallagan «Tolibon» harakati shakllantirayotgan armiyaga qabul qilindi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Bu haqda mudofaa vaziri lazomiga tayinlangan Muhammad Yoqub bugun, 27-aprel kuni bayonot berdi.

«Hozirda yangi afg‘on milliy armiyasiga 110 ming kishi askarlikka olingan», — Yoqubdan iqtibos keltirdi «Bakhtar» agentligi.

Uning aytishicha, «Tolibon» mamlakat mudofaasi va xavfsizligini mustahkamlash uchun uyushgan va yaxlit armiyani shakllantirishda davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring