Tojikiston ham Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini qaytardi
![Tojikiston ham Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini qaytardi](https://static.xabaruz.com/crop/3/5/720_460_95_3577337517.jpg)
Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy qildi.
Mamlakat tashqi ishlar vazirligi «o‘zaro munosabatlar tamoyili»ni ilgari surish maqsadida Turkiyaning umumiy fuqarolik xorijiy pasportlari egalariga 2024-yil 20-apreldan boshlab viza rejimi joriy qilinganini bildirgan.
«Turkiya fuqarolari Tojikiston Respublikasi vizasini xorijdagi elchixonalar va konsulliklarda olishlari mumkin», — deya mamlakat TIVdan iqtibos keltirmoqda «Asia-Plus» nashri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq oddiy xorijiy pasportga ega bo‘lgan Tojikiston fuqarolari uchun viza rejimini joriy etish qarori Turkiya tomonidan qabul qilingan edi.
20-apreldan Tojikiston fuqarolari uchun ham Turkiyaga viza rejimi joriy etiladi. Ilgari Tojikiston fuqarolari Turkiyaga vizasiz kirib, u yerda 90 kungacha qolishlari mumkin edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter