Tog‘li Qorabog‘dagi janglarda qurbonlar soni ko‘paydi
Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi to‘qnashuvlar natijasida Tog‘li Qorabog‘da qurbonlari soni 53 kishiga yetdi.
Qayd etilishicha, qurbonlar soni bir kun ichida ikki baravarga ko‘paygan: 28 sentyabr kuni tushdan keyin 27 kishi o‘ldirilgan, kechasi esa yana 26 askar o‘lgani haqida xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 27 sentyabr kuni ertalab Tog‘li Qorabog‘da Armaniston-Ozarbayjon mojarosi avj oldi va ikki mamlakat qurolli kuchlari o‘rtasida shiddatli janglar boshlandi. Ikkala tomon ham yo‘qotishlar, shu jumladan, tinch aholi orasida qurbonlar haqida xabar bermoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter