Yerevanda xalq Pashinyanning iste’fosini talab qilib parlamentga bostirib kirdi
Kecha tunda Yerevanda (Armaniston) odamlar Bosh vazir Nikol Pashinyanga impichment e’lon qilinishini talab qilib, parlamentga ommaviy ravishda bostirib kirishdi. Bu haqda Baza xabar bermoqda.
Fuqarolar Pashinyanning Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasini tayyorlash haqidagi bayonotidan norozi bo‘lishdi. Tegishli hujjat qabul qilinsa, Armaniston Sovet chegaralarini saqlab qoladi.
Namoyishchilarning fikricha, shu yo‘l bilan bosh vazir Tog‘li Qorabog‘ga da’volaridan voz kechadi. Unga nisbatan xiyonat ayblovlari bor.
Oldinroq, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitiga kelmaskigi haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot o‘rnida, 13-sentyabr kuni Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjonni Sotka, Goris va Jermuk aholi punktlari yo‘nalishida o‘t ochishda aybladi. O‘z navbatida, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armanistonni ikki davlat chegarasida keng ko‘lamli qo‘poruvchilik qilishda aybladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter