Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Texasda 130 ta mashina to‘qnashdi (video, foto)

Texasda 130 ta mashina to‘qnashdi (video, foto)

Foto: «Dallas Morning News»

«Dallas Morning News» nashrining mahalliy hokimiyatga asoslanib xabar berishicha, Texasdagi yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar soni olti kishiga, jarohat olganlar soni 65 kishiga yetdi.

Avvalroq besh kishi halok bo‘lganligi va 36 kishi jarohat olgani, ular orasida ahvoli og‘ir odamlar borligi haqida xabar berilgan edi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 130 ta mashina to‘qnashgan hodisa ertalab mahalliy vaqt bilan soat oltilarda sodir bo‘lgan. Bunga yo‘lning muzlashi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Yong‘in xavfsizligi xizmati boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, avtohalokatga uchragan odamlarning aksariyati qutqarilgan va o‘z mashinalaridan evakuatsiya qilingan. Shunga qaramay, qutqaruvchilar har bir mashinada haydovchi yoki yo‘lovchilar bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rishmoqda.

Tez yordam xizmati matbuot kotibi Mett Zavadskining so‘zlariga ko‘ra, bir nechta odam og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan, boshqalari jiddiy jarohat olishgan, qolganlarida jarohatlarning og‘irligi hali ham o‘rganilmoqda.

Hodisa sodir bo‘lgan trassa ikki tomondan ham yopib qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring