Tereza Mey namoyishlardan xavfsirab, Trampga shahar tashqarisida uchrashishni taklif qilmoqda
«Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakatga tashrifida u bilan shahar tashqarisidagi qarorgohda uchrashish niyatida. Bunga AQSh prezidentiga qarshi Londonda namoyishlar tashkil qilinishi mumkinligi sabab qilib keltirilmoqda», — deb yozadi «Sun» nashri. Nashrning ma’lumotiga ko‘ra, allaqachon o‘n minglab britaniyaliklar Trampning tashrifiga qarshi namoyishga chiqishga tayyor.
Meyning taklifi Britaniya elchisi Kim Darrok orqali Oq uyga yetkazilgan.
Uchrashuv Chekers, Vindzor yoki Blenxeym qasrida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Tramp 13-iyul kuni Buyuk Britaniyaga tashrif buyuradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter