Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Trampning ayollarga suyagi yo‘qligidan foydalanishga uringan

Putin Trampning ayollarga suyagi yo‘qligidan foydalanishga uringan

Foto: «Kremlin.ru»

Rossiya rahbari Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp uchrashuvlariga doir yashirin tafsilotlar oshkor bo‘lmoqda.

Xususan, Tramp ma’muriyatida matbuot kotibi vazifasida faoliyat yuritgan Stefani Grishemning 5-oktyabr kuni sotuvga chiqadigan «Hozir savollaringizga javob beraman. Tramp Oq uyida nimalarga guvoh bo‘ldim?» («I’ll Take Your Questions Now: What I Saw at the Trump White House») nomli memuar kitobida bu borada qiziqarli ma’lumotlar bayon qilingan. Kitobda ikki davlat rahbarining 2019-yili Osaka shahridagi (Yaponiya) uchrashuvida kuzatilgan holatlarga e’tibor qaratilgan.

Ta’kidlanishicha, Vladimir Putin Trampning mikroblardan qo‘rqishini bilgani holda muzokaralar davomida atayin yo‘talib-yo‘talib turgan.  

«Putin butun uchrashuv mobaynida tez-tez yo‘talgan va tomoq qirib o‘tirgan. (Trampning sobiq maslahatchisi Fiona Hill (sobiq matbuot kotibi) Grishem bilan suhbatda u (Putin) shu yo‘l bilan mikroblardan yurak oldirib qo‘ygan Trampni ta’sir o‘tkazishga uringanini qayd etgan», — deb yozadi «The Washington Post» gazetasi kitobni sharhlar ekan.

Rossiya rahbari Yaponiyada kechgan muzokaralarda Trampning ayollarga suyagi yo‘qligidan ham foydalanishga uringan, deb hisoblaydi «Hozir savollaringizga javob beraman...» kitobi muallifi.

Qayd etilishicha, Putin Tramp bilan uchrashuv uchun atayin chiroyli tarjimon ayolni tanlagan. Muzokaralar mobaynida maslahatchi Fiona Hill matbuot kotibi Stefani Grishemga Putin Trampni chalg‘itish maqsadida atayin ko‘rkam qiyofali, uzun sochli tarjimon ayolni tanlaganini aytgan.

V.Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov sobiq hamkasbining da’vosiga javob berar ekan, tarjimonlarni tanlash tashqi ishlar vazirligi vakolatiga kirishi, prezident bu jarayonga aralashmasligini ma’lum qilgan

Putin va Tramp Osakada «Katta sakkizlik» sammiti doirasida uchrashgan. Bir yarim soat davom etgan muzokaralarda siyosatchilar Eron, Suriya, Venesuela va Ukrainadagi vaziyatni muhokama etgan.

Umuman, shaxsiyati munozarali bo‘lgan bu ikki davlat rahbarining barcha uchrashuvlari jamoatchilik tomonidan ikir-chikirlariga qadar keng muhokama etilgan. Trampning Oq uyga kelishida Rossiya omili rol o‘ynagani haqidagi taxminlar mazkur uchrashuvlarga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirgani ma’lum.

Avval xabar berganimizdek, AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning «A Promised Land» («Orzudagi zamin») deb atalgan memuar kitobida ham Oq uy yetakchisining Vladimir Putin bilan uchrashuvi tafsilotlari bayon etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring