Putin kimlarni G‘alaba kuni bilan tabrikladi?
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 13 davlat rahbarlari va fuqarolarini hamda Ukraina va Gruziya xalqlarini G‘alaba kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml saytida xabar berildi.
Putin davlat rahbarlari va fuqarolarini tabriklagan mamlakatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston.
Qolaversa, deyarli tan olinmagan hududiy shakllanmalar — Abxaziya, Janubiy Osetiya, Donetsk va Lugansk rahbarlari va aholisiga Putinning tabrigi yuborilgan.
Ukraina va Gruziyaga Putinning tabriknomasi o‘zgacha yo‘llandi: bu mamlakatlarning faqat «xalqlari» qutlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter