Tataristondagi samolyot halokatida 16 kishi halok bo‘ldi
Rossiyaning Tatariston respublikasida parashyutchilar samolyoti qulashi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, yetti kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda RIA Novosti favqulodda xizmatlar vakiliga asoslanib xabar qildi.
Yakshanba kuni ertalab Tataristonning Menzelinsk shahridagi baza yaqinida yengil dvigatelli samolyot qulashi haqida xabar kelib tushgan.
«Yetti kishi shifoxonaga yaralangan holda yotqizilgan, qolgan 16 tasida esa hayot alomatlari yo‘q»,— deydi agentlik suhbatdoshi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter