«Tanklar mamlakati» e’lon qilindi
Rossiya ixtiyoridagi tanklar soni Yevropaning NATOga a’zo mamlakatlari tanklari sonidan ikki baravar ko‘p. Bu haqda Amerikaning «We Are The Mighty» nashri yozmoqda.
RF taxminan 22 mingta tankka ega, NATOning Yevropa mamlakatlarida esa bu ko‘rsatkich 11 mingta atrofida, deyiladi nashr xabarida. Bunga AQSh va Kanada tanklarini qo‘shgan taqdirda ham ko‘rsatkich 18 mingtadan oshmaydi.
AQSh Qurolli kuchlari Shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi, general Jozef Danford NATO oxirgi yillarda Rossiyaga harbiy ustunlikni boy berayotgani, bu faktga alyansga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari ham iqror bo‘layotganini ta’kidlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter