Suriyadagi prezident saylovida kim g‘alaba qozongani e’lon qilindi
Suriyada o‘tkazilgan prezidentlik saylovi natijalari ma’lum qilindi. Mamlakat parlamenti spikeri Hammud Sabbog‘ga ko‘ra, amaldagi rahbar Bashar Asad 95,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan.
Asadga 13 540 860 kishi ovoz bergani aytilmoqda. Saylovlarga jami 18 million kishi qatnashgani ta’kidlangan.
Bashar Asad otasi Hafiz Asad o‘limidan so‘ng, 2000-yildan beri Suriyani uzluksiz boshqarib keladi. Uning davrida mamlakat og‘ir ijtimoiy-siyosiy muammolarga duch keldi: 2011-yilda boshlangan fuqarolar urushining hamon olovi o‘chgani yo‘q. Mamlakatni millionlab kishilar tark etdi, qariyb 500 ming kishi urush qurboniga aylandi.
Bashar Asad 2014-yilda ham xuddi shunday saylovlarda 88 foiz ovoz bilan qayta saylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter