Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyadagi jangarilarning oila a’zolari taqdiri nima bo‘ladi?

Suriyadagi jangarilarning oila a’zolari taqdiri nima bo‘ladi?

Suriyalik qochqinlar mamlakat shimoli-sharqida joylashgan va ahvolining o‘ta abgorligi bilan nom chiqargan «Al-Hol» lagerini tark etishda davom etmoqda. BMT matbuot kotibining o‘rinbosari Farhon Haqning aytishicha, kuni kecha lagerdagi 120 nafar qochqin Halab viloyatidagi uylariga yo‘l olgan.

Ayni paytda «Al-Hol» lagerida 70 ming kishi bor, ulardan 10 mingi chet davlatlar fuqarolari – xorijlik jangarilar va ularning oila a’zolaridir.

«BMT davlatlarni o‘z fuqarolariga nisbatan majburiyatlarini bajarishga, bu odamlar vataniga qaytishiga ruxsat berishga va ularning taqdirini inson huquqlariga rioya qilgan holda hal etishga chaqiradi», – dedi Farhan Haq.

Uning ta’kidlanishicha, jangarilarning oila a’zolariga insonparvarlik nuqtai nazaridan va xalqaro huquqqa mos ravishda muomala qilish zarur.

Avvalroq BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachlet ko‘pgina davlatlar terrorizmdan xavfsirab jangarilarning oila a’zolarini fuqarolikdan mahrum etayotgani va ularning vataniga qaytishiga to‘sqinlik qilayotganini aytgan edi. U asosiy e’tiborni bolalarning reabilatatsiyasi va himoyasiga qaratish lozimligini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring