Suriya urushida halok bo‘lganlar soni hisoblab chiqildi
Suriyada 2011-yilning martidan 2021-yilning martiga qadar bo‘lgan davrda (10 yil) qurolli to‘qnashuvlar oqibatida 350 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan. Jenevada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet ushbu ma’lumotlarni ochiqladi.
Halok bo‘lganlarning 26 727 nafari — ayollar, 27 126 nafari — bolalar.
Oliy komissar ta’kidlashicha, bu juda izchillik bilan olib borilgan tadqiqotlardan so‘ng olingan statistika, shunga qaramasdan, bu urush-nizolarda halok bo‘lganlarning to‘liq ro‘yxati emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter