Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriya Rossiyaning yangi chegaralarini tan oldi

Suriya Rossiyaning yangi chegaralarini tan oldi

Suriya Rossiyaning referendumlar natijasida o‘z tarkibiga qo‘shib olgan DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlari bilan yangi chegaralarini tan oladi. Bu haqda Suriya prezidenti Bashar Asad RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Albatta, bu yerlar Rossiya hududi. Agar urush bo‘lmaganda ham, bu tarixan Rossiya hududlari edi», – dedi Suriya rahbari Rossiyaning yangi yerlarini tan olish haqidagi savolga javob berar ekan.

Bashar Asad so‘zida davom etar ekan, bu masalada Suriyaning pozitsiyasi aniq va qat’iy ekanligini ta’kidladi.

«Bu masala bizga boshidan ayon va biz o‘z pozitsiyamizda ikkilanmaymiz. Suriyaning pozitsiyasi aniq va shu bilan birga qat’iy. Biz faqat Rossiya bilan do‘st bo‘lganimiz uchun emas, balki bu yerlar haqiqatdan ham Rossiya hududi bo‘lgani uchun ham tan olyapmiz», — dedi Suriya prezidenti.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning sentyabr oyida DXR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlarining Rossiya tarkibiga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazilgandi. Referendum natijasida ushbu hududlar Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring