Suriya: noyabrning o‘zida 231 nafar tinch aholi halok bo‘ldi

Noyabr ham Suriyada qonsiz o‘tmadi. Shu oyning o‘zida 231 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. Achinarlisi, ularning 31 nafari ayollar, 89 nafari esa voyaga yetmagan bolalar edi. Suriya inson huquqlari tarmog‘i (SNHR) ma’lumotiga ko‘ra, suriyaliklarning aksari AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning aviazarbalari oqibatida halok bo‘lgan.
Bir necha yildan beri Suriyada davom etib kelayotgan harbiy ixtiloflar o‘tgan o‘n bir oyning (!) o‘zida 6626 nafar tinch aholining yostig‘ini qurishiga sabab bo‘ldi. Ularning uchdan ikki qismi hukumat harbiylari hujumlari hamda Rossiya zarbalariga duchor bo‘lgani ta’kidlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter