So‘nggi debat: Bayden Trampni mag‘lub etdi
Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Jozef Bayden so‘nggi debatda raqibi — Respublikachilar nomzodi Donald Tramp ustidan g‘alaba qozondi.
CNN telekanali saylovchilar o‘rtasida o‘tkazgan so‘rovnomada qatnashganlarning 53 foizi shunday fikrda. Trampni esa 39 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan.
So‘ralganlarning 70 foizidan ortig‘i raqibi Tramp sha’niga yo‘llagan tanqidlarni to‘g‘ri deb hisoblaydi. Saylovchilarning teng yarmi esa Oq uy rahbari o‘zini oqlab keltirgan dalillarga ishonadi.
Trampda ham, kichik bo‘lsa-da, g‘alaba bor. Bu iqtisodiyot mavzusi. So‘ralganlarning 56 foizi uning iqtisodiy siyosati tarafdori. Ammo ichki va tashqi siyosat, koronavirus pandemiyasi, iqlim o‘zgarishlari, irqiy tenglik kabi masalalarda aksariyat Demokratlar nomzodini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Oktyabr oyida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga muvofiq, Bayden 16 foiz ustunlik bilan zafar quchishi mumkin. Demokratlar uchun saylovchilarning 57 foizi, Respublikachilar uchun esa 41 foizi o‘z ovozini berishga tayyor, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter