Somalida yangi prezident saylandi
![Somalida yangi prezident saylandi](https://static.xabaruz.com/crop/4/1/720_460_95_419683526.jpg)
Kecha, 15-may kuni Somalida prezidentlik saylovi o‘tkazildi. «Somali Guardian» nashri yozishicha, saylovda parlament quyi va yuqori palatalarining 329 nafar deputati ovoz berdi. Davlat rahbarligi uchun 37 nafar nomzod kurashdi.
Eng ko‘p ovoz to‘plagan sobiq prezident Hasan Shayx Muhammad Somalining yangi prezidenti bo‘ldi. U amaldagi prezident Muhammad Abdullahi Muhammaddan ko‘proq ovoz to‘pladi.
Hasan Shayx kelgusi to‘rt yil davomida mamlakatni boshqaradi.
Hasan Shayx Muhammad — 2012–2017-yillarda Somalini boshqargan sobiq prezident. Radikallar egallab olgan aksariyat hududlar uning boshqaruvi davrida hukumat nazoratiga o‘tgan. Federal shtatlarning muxtor ma’muriyatlari tuzilib, Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan aloqalar o‘rnatilgan. Mamlakatda G‘arb mamlakatlari, Xitoy va Turkiyaning elchixonalari qaytadan ochilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter