Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qo‘rqinchli Mogadisho»: Hayat mehmonxonasini jangarilardan tozalash 30 soatdan ko‘p davom etdi

«Qo‘rqinchli Mogadisho»: Hayat mehmonxonasini jangarilardan tozalash 30 soatdan ko‘p davom etdi

Jangarilar juma kuni kechki payt mehmonxonaga bostirib kirishgandi. Ular bilan jang 30 soatdan ortiq davom etgan.

Foto: HASSAN ALI ELMI

Somali poytaxti Mogadishoda Hayat mehmonxonasiga Ash-Shabob jangarilari (Al-Qoida bilan aloqador terrorchi guruh) bostirib kirishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Politsiya ma’lumot berishicha, jangarilar mehmonxona yonida portlovchi ikkita qurilmani ishga tushirishgan, so‘ngra ichkariga bostirib kirib, o‘q yog‘dirishgan.

Somali xavfsizlik kuchlari jami 106 kishini qutqargan.

«Begunoh odamlar halok bo‘lgani dahshatli, xavfsizlik kuchlari qutqarish uchun bor imkoniyatini ishga solgandi», — dedi Mogadisho politsiyasi rahbarlaridan biri Abduhasan Muhammad Hijra jurnalistlarga.

Abduhasan Muhammad Hijra operatsiya tugaganini xabar beryapti.
Foto: HASSAN ALI ELMI / GETTY IMAGES

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Alihoji Adan bayonot berishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin, chunki rasmiy hisob olinganiga qadar qarindoshlari jasadlarni olib ketgan bo‘lishlari mumkin. U qo‘shimcha qilishicha, jangarilarning hujumi oqibatida 117 kishi jarohatlangan, shundan 15 nafari og‘ir ahvolda.

«Otishma va portlashlar qo‘rqinchli edi. Bu men Mogadishoda ko‘rgan eng dahshatli narsalardan biri», — voqeaga munosabat bildirdi Somali razvedka boshqarmasi direktorining sobiq o‘rinbosari Abdusalom Guled.

Jangarilarni yo‘q qilish operatsiyasi tugaganidan so‘ng Hayat mehmonxonasi kirish qismining ko‘rinishi.
Foto: HASSAN ALI ELMI / GETTY IMAGES

Mehmonxonani jangarilardan tozalash va odamlarni qutqarishga 30 soatdan ko‘p vaqt ketdi. Xavfsizlik kuchlari tepa qavatlarga chiqish uchun bir necha soat urinishdi — odamlarni garovga olgan jangarilar zinalarni portlatib yuborishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring