Somalida motam: hokim terror qurboni bo‘ldi
![Somalida motam: hokim terror qurboni bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/2/8/720_460_95_2833321569.jpg)
Somali prezidenti Muhammad Abdullohi Muhammad poytaxt Mogadisho hokimi vafot etganligi munosabati bilan mamlakatda uch kunlik motam e’lon qildi.
Somali poytaxti meri Abdurahmon Umar Usmon bugun, 1-avgust kuni Qatardagi gospitalda hayotdan ko‘z yumgan. Terrorchilar hujumi oqibatida og‘ir jarohat olgan hokimning hayotini saqlab qolishga tibbiyot ojizlik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Umar Usmonga 25-iyul kuni «Ash-Shabob» terrorchisi hujum uyushtirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter