Sobiq qo‘mondon Zalujniyning keyingi taqdiri ma’lum bo‘ldi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat Qurolli kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni Buyuk Britaniyaga elchi sifatida yuborishga qaror qildi.
«2024-yil 7-mart, payshanba kuni prezident sobiq qo‘mondon Valeriy Zalujniyni Ukrainaning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlashga qaror qildi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Britaniya tomoniga tegishli so‘rov yubordi», — deyiladi Ukraina Tashqi ishlar vazirligi saytida.
Hozircha Zalujniyning o‘zi bu qarorga izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, 8-fevral kuni Zelenskiy Valeriy Zalujniyni qo‘mondonlik vazifasidan ozod etib, uning o‘rniga general Aleksandr Sirskiyni tayinladi. 2023-yilgi qarshi hujum natijalaridan keyin Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasida keskinlik yuz bergani haqida OAVda xabarlar tarqalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter