Turkmaniston prezidentining o‘g‘li hokim bo‘ldi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov Axal viloyati rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, prezident Axal viloyati sobiq rahbari Shohrat Amangeldiyevni boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etgan.
Serdar Berdimuhamedov rahbar etib tayinlanguniga qadar viloyat rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi. Axal viloyati mamlakatning janubida joylashgan bo‘lib, Turkmanistonning besh viloyatidan biri hisoblanadi.
Serdar Berdimuhemedov 1981-yilda tavallud topgan. Niyozov S.A. nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universitetini muhandis-texnolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Serdar — Turkmaniston prezidentining yagona o‘g‘li. U 2016-yili mamlakat parlamentiga saylanib, siyosatga kirib kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter