Sinovlar epitsentridagi Turkiya: yetti kunlik motam, tushirilgan NATO bayroqlari, to‘xtamayotgan zilzila...

NATO shtab-kvartirasida Turkiyadagi zilzila qurbonlari xotirasiga va motam e’lon qilinganligi munosabati bilan tashkilotga a’zo 30 mamlakatning bayroqlari tushirib qo‘yildi.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar xotirasiga mamlakatda yetti kunlik motam e’lon qilgandi. 12-fevralga qadar mamlakat bo‘ylab va xorijdagi vakolatxonalarda Turkiya bayrog‘i pastga tushiriladi.
6-fevral kuni Turkiya janubi-sharqida yuz bergan 7,7 balli yer silkinishi oqibatida misli ko‘rilmagan talafot va qurbonlar berildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 3 703 nafarga, jarohatlanganlar soni 22 286 nafarga yetgan.
Tabiiy ofat hamon davom etayotgani xavotirli: so‘nggi bir soat ichida Turkiyada Rixter shkalasi bo‘yicha 5 balldan yuqori 7 ta yangi zilzila sodir bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter