Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sigir so‘yishda gumonlanib toshbo‘ron qilingan kishi vafot etdi

Sigir so‘yishda gumonlanib toshbo‘ron qilingan kishi vafot etdi

Foto: «fermok.ru»

Hindistonning Madhya Pradesh shtatining Satna shahrida g‘aroyib voqea kuzatildi. Sigir so‘ygan deya kaltaklangan ikki kishidan biri vafot etdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra Amgara qishlog‘ida toshbo‘ron qilingan 45 yoshli musulmon Riyoz vafot etgan, 38 yoshli taksichi Shakil esa og‘ir jarohatlangan.

Politsiya xodimlari ikki musulmon kishini sigir so‘ygan deya kaltaklagan 4 kishini hibsga oldi.

Madhya Pradesh shtatida so‘nggi paytlarda sigirlarni so‘yish uchun kushxonaga olib borgan musulmonlarning ko‘pchiligi kaltaklanmoqda.

Assam shtatiga qarashli Gauhati shahri shimolidagi Nagon qishlog‘i aholisi o‘tgan yili 2 kishini sigir so‘yib sotgani uchun toshbo‘ron qilib o‘ldirgan edi.

Gujarat shtatida sigir so‘yib sotgan kishi umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi. Sigir go‘shtini saqlaganlar esa 7 yoki 10 yilga qamaladi yoxud 500 dollardan 7500 dollargacha jarimaga tortiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring