Si Szinpin Putindan keyin Zelenskiy bilan gaplashmoqchi
Xitoy rahbari Si Szinpin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazish niyatida. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, Xitoy rahbari va Ukraina prezidenti o‘rtasidagi onlayn muzokaralar Xitoy rahbarining Moskvaga tashrifidan so‘ng bo‘lib o‘tadi.
Xitoy Rossiyaning Ukrainaga bosqinida ko‘proq Kreml tarafida turgandek ko‘rinayotgan, mazkur voqealarda AQSh va NATOni ayblagan yirik davlatdir.
Avvalroq, Rossiya poytaxtida Si Szinpin va Vladimir Putin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tishi xabar berilgandi.
Ammo Kreml Xitoy rahbarining kelishi haqidagi ma’lumotga izoh berishdan bosh tortgan, deya yozadi mahalliy «Kommersant» nashri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Si Szinpin ilk marotaba uchinchi muddatga XXR rahbari lavozimiga saylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter